"Ислом дини ривожига ҳисса қўшган буюк аллома,
ватандошимиз Абу Исо Термизий ва Термизий
алломаларнинг беназир меросини илмий асосда
чуқур ўрганиш ва халққа етказиш ўта муҳим ишдир."
Ma’naviyat va ma’rifat — jamiyat barqarorligi garovidir
Angor tumani hokimligida “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, mutaassiblik va radikallashuvning oldini olish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha viloyat bosh mutaxassisi X.Mengnorov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari K.Jamahmatov hamda mahalliy targ‘ibotchilar ishtirok etdilar.
So‘zga chiqqanlar tomonidan yoshlarga va xotin-qizlarga yot g‘oyalardan himoya qilish, milliy kiyinish madaniyatini keng targ‘ib etish, internet imkoniyatlaridan oqilona foydalanish va ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida muhim fikr-mulohazalar bildirildi.
Targ‘ibot tadbiri aholi ongini yuksaltirish, g‘oyaviy immunitetni mustahkamlashga qaratildi.